JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi. O‘zbekistonning guruhdagi uchinchi raqibi aniq bo‘ldi

JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi. O‘zbekistonning guruhdagi uchinchi raqibi aniq bo‘ldi

Kecha Osiyoda JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashining birinchi bosqichi doirasida javob o‘yinlari o‘tkazildi. Xabaringiz bor, FIFA reytingining eng quyi qismida borayotgan 20 ta milliy jamoa qur’a yordamida 10 ta juftlikka ajratilgan va ular 2-bosqichga chiqish uchun kurash olib borishmoqda.

Gonkong terma jamoasi dastlabki o‘yinda o‘z maydonida Butanni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob bahsida butanliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Ikkinchi o‘yin natijasiga ko‘ra Gonkong guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va "E" guruhidan o‘rin oldi. Xabaringiz bor, bu guruhda O‘zbekiston, Eron va Turkmaniston terma jamoalari o‘rin olishgan.

Mazkur bosqich o‘yinlari 16 noyabr kuni start oladi. Shu kuni Katanes jamoasi safarda Turkmaniston mehmoni bo‘lsa, 21 noyabr kuni Toshketda Eronni qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!