Janubiy Koreya chet ellik ishchilarni yollash orqali mamalakatda tug‘ilishni oshirmoqchi

Janubiy Koreya chet ellik ishchilarni yollash orqali mamalakatda tug‘ilishni oshirmoqchi

Janubiy Koreya xorijlik uy ishchilaridan foydalanish hisobiga tug‘ilish darajasini oshirish niyatida, deb xabar beradi Financial Times.

Tajribali loyihaga ko‘ra, 100 ga yaqin Filippin fuqarosi Seulga kelib, uy yumushlarini bajaradi.

Rasmiylar bu koreyalik ayollarning yukini kamaytirishini va ular farzand ko‘rishni boshlashidan umid qilyapti. Agar bu samarali bo‘lib chiqsa, 2025 yil o‘rtalariga kelib Janubiy Koreyaga yana 1200 kishi yetib boradi, deya aniqlik kiritadi nashr.

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi pastligi tufayli 2044 yilga borib iqtisodiy faol aholi soni qariyb 10 million kishiga kamayishi haqida avvalroq xabar bergan edik. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol yangi agentlik yaratish orqali mamlakatda tug‘ilishning past darajasiga qarshi kurashish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!