Italiya parlamentida mushtlashuv yuz berdi

Italiya parlamentida mushtlashuv yuz berdi

Italiya parlamentida mintaqaviy muxtoriyat to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi payti katta mushtlashuv bo‘ldi. Deputatlardan biri jarohatlanib, tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Ma’lum qilinishicha, deputat Leonardo Donno edi yig‘ilish vaqtida minbarni tark etib, Italiya bayrog‘ini avtonom ishlar vaziri Roberto Kalderoli qo‘liga topshirmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng deputatlar palatasi raisi Lorenzo Fontana Donnoni zaldan olib chiqib ketishlarini talab qildi. Bunga javoban hukmron partiya deputatlari Donnoni o‘rab olishdi va natijada janjal katta mushtlashuvga aylanib ketdi.

Mojaro payti Donno yuzidan jarohat olib, yiqilib tushgan. Uni hukmron Liga partiyasidan deputat Igor Lezzi urgan. Shundan so‘ng Donno shifoxonaga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!