Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 39 258 nafarga yetdi

Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 39 258 nafarga yetdi

Isroilning 2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 39 ming 258 nafarga yetdi.

Bu haqda 27 iyul, shanba kuni Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi bayonotida aytilgan.

So‘nggi ikki kun ichida Isroil armiyasining G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan hujumlari natijasida 83 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 186 nafari yaralandi.

Shunday qilib, 2023 yil 7-oktabrdan beri eksklavda jami yaradorlar soni 90 589 nafarga yetdi, deya ta’kidladi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaasi guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti, deya qo‘shimcha qildi departament.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!