Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori markazidagi Dayr al-Bala shahri yaqinidagi maktabga zarba berdi

Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori markazidagi Dayr al-Bala shahri yaqinidagi maktabga zarba berdi

HAMAS nazoratidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 30 falastinlik halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi yaralangan.

SAXAL ushbu maktabda HAMAS qo‘mondonlik va nazorat markazi tashkil etilganini da’vo qilmoqda. Isroil harbiylariga ko‘ra, HAMAS jangarilari ushbu binodan hujumlarni rejalashtirish va qurol saqlash joy isifatida foydalangan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, qurbonlar tinch aholi, aksariyati bolalardir. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga harbiy yurishi boshlanganidan beri 39 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!