Isroil Madrimov: "Keyingi jangim ham kamar uchun bo‘ladi"

Isroil Madrimov: "Keyingi jangim ham kamar uchun bo‘ladi"

Super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Keyingi jangim ham kamar uchun bo‘ladi, faqat boshqa yo‘nalishda. O‘shanda Krouford jang tugaganidan keyin jamoasi bilan kelib, jang uchun rahmat aytgandi. Chunki u 8 yildan buyon 12 raundlik jang o‘tkazmagan edi. Keyingi janglarimga omad tiladi va iste’dodli ekansan, dedi.

U bilan faqatgina ringda raqibmiz, uning tashqarida esa yaxshi hamkasb bo‘lib oldik, desam ham bo‘ladi. Bu jangimda boshqalariga qaraganda o‘zimni ancha yaxshi his qildim. Balki, orzuimdagi jang bo‘lganligi uchun shunday bo‘lgandir", - dedi Madrimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!