Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda falastinlik o‘smirni o‘ldirdi

Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda falastinlik o‘smirni o‘ldirdi

Isroil harbiylari tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Nablus shahriga uyushtirilgan havo hujumi va reydida bir o‘smir halok bo‘ldi, 28 nafari yaralandi.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati uch yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanganini bildirdi. Ulardan biri Falastin Qizil yarim oy jamiyati a’zosi.

WAFAning qayd etishicha, Isroil armiyasi Nablusdagi Balata qochqinlar lageridagi Al-Jamasin mahallasiga hujum qilish uchun uchuvchisiz samolyotdan foydalangan.

Bundan tashqari, zirhli texnikada isroillik kuchlari qochqinlar lageriga reyd uyushtirgan, shundan so‘ng ular ko‘p qavatli uylar tomiga snayperlarni o‘rnatgan.

Isroil armiyasi Nablusga havo hujumi uyushtirilganini tasdiqladi.

Shunday qilib, 590 nafar falastinlik Isroil harbiylari va G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi Falastin yerlarini o‘zlashtirgan isroilliklar qurboni bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!