Ispaniyada ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 85 dan ortiq kishi jarohat oldi

Ispaniyada ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 85 dan ortiq kishi jarohat oldi

Ispaniyada yuk va yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi, natijada mashinist halok bo‘ldi, 85 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi Independent nashri.

Baxtsiz hodisa Barselonadan 15 km uzoqlikda, Kataloniyada kechki payt tig‘iz vaqtda sodir bo‘lgan. Kaliy olib ketayotgan yuk poyezdi Ispaniya shimoli-sharqidagi San-Boy-de-Llobregat stansiyasiga kirayotganda relsdan chiqib ketdi, shundan so‘ng vokzaldan ketayotgan yo‘lovchi poyezdining old qismiga urildi.

Ispaniya rasmiylariga ko‘ra, favqulodda ekipajlar yo‘lovchi poyezdidan 100 ga yaqin odamni evakuasiya qilishga yordam bergan.

Haydovchi vafot etdi, ikki kishi og‘ir, qolganlari yengil tan jarohati oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!