Infografika: OTMga hujjat topshirishda qaysi turdagi abituriyentlar to‘lov qilmaydi?

Infografika:  OTMga hujjat topshirishda qaysi turdagi abituriyentlar to‘lov qilmaydi?

OTMga hujjat topshirishda qaysi turdagi abituriyentlar to‘lov qilmaydi:

– ta’lim muassasalari (maktab, kollej va liseylar) ni 2020 yilda tamomlaganlar;
– birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar;
– to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Test sinovi topshirmaydigan abituriyentlar: 

– chet el fuqarolari;
– alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar (madaniyat, san’at, sport);
– test sinovlarisiz, ko‘p balli tizim bo‘yicha imtixon o‘tkaziladigan va o‘qitish qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshirganlar. 

Test sinovlarisiz, imtiyoz asosida talaba bo‘ladigan abituriyentlar: 

– otasi yoki onasi xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari;
– otasi yoki onasi xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari  xodimlarining farzandlari; 
– Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar (respublika bosqichi g‘oliblari); 
– Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar;
– Tanlov va musobaqa g‘oliblari hamda davlat mukofotlari sohiblari (halqaro fan olimpiadasi, respublika va xalqaro sport musobaqalari, Zulfiya mukofoti, Tarbiyachi tanlovi, Hamshira tanlovi, Nihol mukofoti, Kelajak ovozi, Badiiy akademiya, Mard o‘g‘lon).

Infografika:  OTMga hujjat topshirishda qaysi turdagi abituriyentlar to‘lov qilmaydi?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!