Indoneziya kemasi Janubiy Sulavesida cho‘kib ketgan

Indoneziya kemasi Janubiy Sulavesida cho‘kib ketgan

Mahalliy ANTARA axborot agentligining ma’lum qilishicha, Indoneziya sohilida kema halokatga uchragan.

17 kishi qutqarib olingan, 43 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Xabarda aytilishicha, bortida 60 nafar yo‘lovchi hamda yuk bo‘lgan KM Ladang Pratiwi kemasi 25 may kuni Janubiy Sulavesi poytaxti Makasara shahri portidan mamlakat hududida joylashgan orollarning biriga suzib ketgan. Hukumat halokat chaqirig‘ini 26 mayda olgan, biroq jo‘natilgan qutqaruvchilar voqea joyiga 27 may kuni tongda yetib borgan. Qutqaruvchilar faqat 17 kishini qutqara olgani aytilmoqda.

Boshqa nashrlar, jumladan, Kompas va Tempo tarqatgan xabarda aytilishicha, kemada 50 kishi bo‘lishi mumkin va hozirda 26 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!