IFAD Orol fojiasi oqibatlari va yer degradasiyasi muammolariga qarshi kurashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

IFAD Orol fojiasi oqibatlari va yer degradasiyasi muammolariga qarshi kurashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) Tomonlar Konferensiyasining 16-sessiyasi (COP16) doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (IFAD) Atrof-muhit, iqlim, gender tenglik va ijtimoiy integrasiya departamenti direktori Xuan Karlos Mendoza bilan uchrashdi. Muzokaralarda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev ham ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida vazir tashkilotning O‘zbekiston bilan samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirib, yerlar degradasiyasiga qarshi kurashish, cho‘llanish va suv resurslarini boshqarishda Markaziy Osiyo mintaqasi sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida iqlim xizmatlarini yaxshilash orqali qishloq joylarida qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan Moslashuv jamg‘armasi, IFAD va Ekologiya vazirligining qo‘shma loyihasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish, qishloq jamoalarida barqarorlikni, daromadlarni va iqtisodiy o‘sishni oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: besh yillik loyiha 3 komponentni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi: agroiqlim monitoringi tizimini ishlab chiqish, iqlim senariylarini uzoq muddatli tahlil qilish uchun institusional va texnik imkoniyatlarni rivojlantirish va aholining iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga prognoz qilinayotgan salbiy ta’siri va tegishli javob choralari haqida xabardorligini oshirish.

O‘z navbatida K.Mendoza Orol fojiasi oqibatlari va yer degradasiyasi muammolariga qarshi kurashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda IFAD loyihasi misolida Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari tomonidan tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalarni birlashtirish zarurligini ta’kidladi.

A.Abduhakimov cho‘l texnologiyalarini rivojlantirish orqali yer degradasiyasi va cho‘llanishga qarshi kurashda mamlakatlarni birlashtirish zarurligini qo‘llab-quvvatladi. Vazir K.Mendosaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orolbo‘yida iqlim texnologiyalari bo‘yicha «Expo xab» ochilishi, shuningdek, kelgusi yilda iqlim va cho‘l texnologiyalari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, vazir mahalliy sharoitga moslashtirilgan naslchilik urug‘larini yetishtirishga qaratilgan laboratoriyalar ishga tushirilishini ta’kidladi. Qolaversa, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi o‘zaro hamkorligiga to‘xtalib, Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti («Green University») tashkil etilganligiga to‘xtaldi.

Muzokaralar natijasida tomonlar qo‘shma loyiha doirasida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar va hamkorlikni mustahkamlash hamda loyihalar portfelini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» futbol klubi xo‘jayini bilan uchrashdi

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ўзбек футболчиси Абдуқодир Ҳусановни яқинда 40 млн еврога сотиб олган «Манчестер Сити» футбол клуби хўжайини, БАА вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён билан учрашди.

"Kutilmagan tomondan kelgan zarba": Eronning bu qaroriga odamlar nima deyapti?

Россия ва Эрон ушбу келишувни АҚШ президентлигига сайланган Доналд Трамп инаугурациясидан уч кун олдин имзолаши кутилмоқда.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

AQSh Ukrainadagi mojaroda Rossiya g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Россия Украинадаги можарода ғалаба қозонди , деди Пентагоннинг собиқ маслаҳатчиси ва истеъфодаги АҚШ армияси полковниги Дуглас Макгрегор .

Abduqodir Husanov Manchesterda!

Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусановнинг "Ланс"дан "Манчестер Сити"га трансфери якунланмоқда.

Evropadagi eng yirik litiy koni Rossiya ixtiyoriga o‘tdi

Шевченко литий конлари 1982 йилда топилган.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi mumkin

Рубионинг сўзларига кўра, санкциялар можароларни дипломатик йўл билан ҳал қилишга ёрдам берадиган ноҳарбий босим воситасидир.

Parijning Olimpiya sharmandasi: sportchilar 100 dan ortiq nuqsonli medallarni qaytarishdi

Ташкилотчилар мукофотларни алмаштиришга ваъда беришди.

«Manchester Siti» Husanov uchun alohida charter reys buyurtma qildi

Максимум 9 йўловчи билан парвоз қилувчи самолёт чартер рейс билан 19:30да (Тошкентда 23:30) Манчестерга парвоз қилади.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Ronaldu va Messidan ham 12 baravar boyroq futbolchi haqida eshitganmisiz?

Лионел Месси ва Криштиану Роналду катта бойлик тўплаган бўлса-да, иккаласининг ҳам бойлиги бу футболчиникига яқин ҳам келолмайди.

Ukraina Rossiyaga AQSh quroli bilan hujum qildi. Rossiya javob qaytaradimi?

Илгари Москва Украина ATACMS ёки Британия етказиб берган Storm Shadow круз ракеталарини ҳар сафар Россияга отганда жавоб қайтаришини айтган эди.

Boylar Britaniyani ommaviy ravishda tark etmoqda

Буюк Британия ҳукумат ўзгариши туфайли миллионерларнинг чиқиб кетишига дуч келди.

Putinning yevropalik do‘stlari bir joyga to‘plandi

Венгрия Бош вазири Виктор Орбан ва Ташқи ишлар вазири Петер Сийярто Сербия раҳбари Александр Вучич билан музокара ўтказмоқда.

G‘arbda ommaviy axborot vositalarida Putin haqidagi yolg‘on xabarlar fosh bo‘ldi

Жануби-Шарқий Норвегия университети профессори Гленн Дизен Х ижтимоий тармоғида Ғарб ОАВларининг Россия президенти Владимир Путин ва махсус ҳарбий операция ҳақидаги ёлғонларини фош қилди .

Rossiya Kiyevga qattiq zarba berdi

Украинанинг айтишича, Россиянинг Киевга қилган зарбасида камида 3 киши ҳалок бўлган.

Tehronda Oliy sudning ikki sudyasi otib o‘ldirildi

Эрон пойтахти Теҳронда бир киши Олий суд биноси олдида икки судяни отиб ўлдирди.

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olingan

Бу ҳақда Ёнҳап агентлиги хабар берди.

Eronda sudyalarga qilingan hujum terakt deb e’lon qilindi

Бу ҳақда ИРНА агентлиги хабар бермоқда .

Netanyaxu G‘azodagi janglarni qayta boshlash bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда РИА Новости ёзмоқда .

Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchi tanker portlashi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Нигер давлат фавқулодда вазиятлар агентлиги (НСEМА) бош директори Алҳажи Абдуллаҳи Баба-Араҳнинг айтишича, ҳозирда портлаш жойида қидирув-қутқарув ишлари олиб борилмоқда.

O‘tgan yili xorijdan 483 nafar migrantning jasadi qaytdi

Бу ҳақда Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги раҳбарияти 17 январь куни АОКАда ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

Tramp Ukrainadan tezroq qutulishni istaydi

АҚШ президенти Доналд Трамп Украинадаги можарони имкон қадар тезроқ тугатишни истайди, аммо уни шартлар унчалик қизиқтирмайди, деди Трампнинг собиқ маслаҳатчиси Жон Болтон.

G‘azodagi falastinliklar dronlar va qiruvchi samolyotlarning ovozi to‘xtashini intizorlik bilan kutmoqda

Шунга қарамай, ҳозир барча эҳтиёт чораларини кўришга интилаётган фаластинликлар учун олдинда яна бир неча муҳим соатлар бор.

Rossiya bir kechada Ukraina tomonidan uchirilgan 46 ta dronni yo‘q qildi

Бу ҳақда Россия Мудофаа вазирлиги маълум қилди.

Pokiston sobiq bosh vaziri 14 yilga qamaldi

Лаҳор Олий суди ҳибсда бўлган Покистоннинг собиқ бош вазири Имрон Хонни коррупция иши бўйича 14 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилди. Унинг рафиқаси Бушра Биби етти йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди, дея хабар бермоқда Accosiated Press.

Kelishuv imzolangandan so‘ng ham G‘azoda o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘ldi

Исроил ва ҲАМАС ўт очишни тўхтатиш келишувини имзолаганидан бери Ғазо секторида камида 101 киши ҳалок бўлди.

BBC'ning ikki jurnalisti “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Россия Адлия вазирлиги "хорижий агентлар" рўйхатига олти кишини, жумладан, BBC рус хизматининг икки журналисти - муҳаррир Анастасия Лотарева ва мухбир Андрей Козенкони киритди.

Jeju Air samolyoti dvigatellaridan qushlarning patlari topildi

Ҳалокат бўйича тергов қўмитаси патларни топди ва биологик институтга уларни таҳлил қилишни сўради, улар 17 та намунани, жумладан, патлар ва қон доғларини ўрганди.

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Олинган маълумотларга кўра, жорий йилнинг 17 январ ҳолатида қалбаки спиртли ичимлик истеъмоли ташхиси билан Туркия бўйлаб касалланганлар сони 88 нафарни ташкил этиб, шундан 37 нафари вафот этган.

Bolgariyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Локомотивларнинг тўқнашиши оқибатида ёнғин келиб чиққан. Воқеа жойида тиббиёт ходимлари, ўт ўчирувчилар, полиция ва темир йўл хизмати вакиллари ишламоқда.

Sebzorda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ хабарига кўра, Lacetti, HOWO юк транспорт воситаси ва Lacetti автомашиналари иштирокида йўл-транспорт ҳодисаси кузатилди.

Zelenskiy bir yilda urushga qancha xarajat ketganini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленскийга кўра, 2024 йилда ҳарбий можаро Украинага 100 миллиард доллардан кўпроққа тушди.

Xitoyliklar Germaniyada Volkswagen zavodlarini sotib olmoqchi

Хитой компаниялари ва расмийлари Германиянинг ёпилиши режалаштирилган автомобил заводларига, айниқса Volkswagen консернига қизиқиш билдирмоқда.

Ommaviy ishg‘ol: G‘arbiy Sohil va G‘azodagi arablar kelishuvni nishonlamoqda. Bu Isroil armiyasi uchun sharmandalik

Интернетда Ғазонинг Салоҳ Дин кўчаси бўйлаб гуманитар ёрдам олиб кетаётган ўнлаб юк машиналари акс этган видеолар тарқалмоқда.

Suriya Isroilga qarshi qat’iy choralar ko‘radi

Сурия ташқи ишлар вазири Асад ал-Шайбонийнинг таъкидлашича, Исроил Сурия базаларига ҳужумни тўхтатмаётгани сабабли, мамлакат сионистларга қарши жиддий чора кўришга мажбур.