Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
“Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-417-son, 03.12.2024 y.) qabul qilindi.
🔰2025 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etishning quyidagi yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi:
➖hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;
➖davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kooperasiya aloqalarini o‘rnatish va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish;
➖“B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish.
🏢 Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ishlab chiqaruvchilar ekotizimining to‘liq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash uchun mas’ul tashkilot ekanligi belgilandi.
📁 “davlat xaridlari – biznesga ko‘mak” tamoyili asosida “tadbirkorbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
✅ Ayrim tadbirkor ishlab chiqaruvchilarga barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida:
▪️davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yig‘imi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etiladi;
▪️xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishda qo‘shimcha zakalat kiritilmaydi.