Qashqadaryo hokimi yangi rejalarni taqdimot qildi

Qashqadaryo hokimi yangi rejalarni taqdimot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, investisiyalarni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi barcha yetakchi sohalar bo‘yicha Qashqadaryoning salohiyati yuqori. Yil boshidan buyon viloyatda 2 milliard dollar investisiya o‘zlashtirilgan. 565 ming nafar aholining bandligi ta’minlanib, 90 ming odam kambag‘allikdan chiqarilgan. Yil yakunigacha yalpi hududiy mahsulot 6 foizdan ziyod o‘sishi, eksport 555 million dollarga yetishi kutilmoqda.

Viloyat salohiyati to‘la ishga solinsa, natijalar bundan ancha ko‘p bo‘ladi. Yig‘ilishda shu boradagi qo‘shimcha imkoniyatlar, yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Qashqadaryo hokimi yangi rejalarni taqdimot qildi

Avvalo, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ustuvor bo‘ladi. Keyingi yildan Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. Bu borada xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantirilgan.

Misol uchun, G‘uzor, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida 300 gektarda zamonaviy bog‘ barpo etiladi. Unda yiliga qo‘shimcha 4 ming tonna meva yetishtirilib, 600 ta ish o‘rni yaratiladi. Ko‘kdala, Chiroqchi, Shahrisabz, Koson va Nishon tumanlari hududida qovun va organik sabzavotlar yetishtirish kengaytiriladi. Tarvuz konsentranti tayyorlash, shok usulida muzlatish va sublimasion quritish yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyatda chorvachilikni rivojlantirishga alohida urg‘u beriladi. Mintaqa va Yevropa davlatlaridan 62 ming bosh qo‘y, qariyb 10 ming bosh qoramol olib kelinib, aholi va chorvachilik xo‘jaliklari bilan kooperasiya asosida boqiladi. Qarshi va Qamashida 1 ming boshli chorvachilik klasteri, 1 million boshli parrandachilik fabrikasi tashkil etiladi.

Paxtachilikda tayyor mahsulotlar ulushini ko‘paytirish maqsadida 233 million dollarlik 5 ta to‘qimachilik korxonasi ishga tushiriladi. Natijada mato ishlab chiqarish quvvati 51 foizga ko‘tariladi.

Shahrisabzdagi Miraki va Qamashidagi Maydanak qishloqlari, Mirishkor tumanidagi «Achinko‘l» va «Sechanko‘l» atrofida turizm jadal rivojlanmoqda. Shu kabi maskanlarga 300 million dollar investisiya kiritib, 200 dan ziyod mehmon uylari va mingta savdo shoxobchasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda 5 ming kishi ishli bo‘ladi.

Tadbirkorlar viloyatdagi 147 ta noruda qazilma konlari negizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taklif qilayapti. Bunga 209 million dollar investisiya kiritiladi, konlar bosqichma-bosqich auksionga chiqariladi.

Prezident farmoniga muvofiq, shu yil 1 noyabrdan yurtimizda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi boshlandi. Qashqadaryodagi 6 ta yirik korxona bu xayrli ishga hissa qo‘shib, keyingi yil 10 mingdan ziyod fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish tashabbusini bildirgan. Bundan tashqari, banklar ishtirokida 86 ta drayver loyihani va 33 mingta mikroloyihani ishga tushirib, yana 70 ming insonni daromadli qilish ko‘zda tutilgan. Bular orqali viloyatda kambag‘allik darajasi hozirgi 8,6 foizdan 6,5 foizga pasayadi.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi shu kabi rejalarni taqdimot qildi. Jumladan, kelgusi yilda 3 milliard 500 million dollar investisiya jalb qilish, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish, 300 ming ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari bugungi ko‘rsatkichlar viloyat imkoniyatlariga mos emasligini ta’kidlab, natijadorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashabbuskorlar bilan ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida yana 300 million dollarlik loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Husanov APLda qaysi jamoaga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazishi mumkinligi ma’lum

Тез орада расман «Манчестер Сити» футболчисига айланадиган Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти қайси жамоаларга қарши ўйинда амалга ошиши маълум.

Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» futbol klubi xo‘jayini bilan uchrashdi

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ўзбек футболчиси Абдуқодир Ҳусановни яқинда 40 млн еврога сотиб олган «Манчестер Сити» футбол клуби хўжайини, БАА вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён билан учрашди.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

"Kutilmagan tomondan kelgan zarba": Eronning bu qaroriga odamlar nima deyapti?

Россия ва Эрон ушбу келишувни АҚШ президентлигига сайланган Доналд Трамп инаугурациясидан уч кун олдин имзолаши кутилмоқда.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Daniya AQSh tajovuzi bo‘lsa, Rossiyaga murojaat qilishni taklif qildi

Дания социалистик халқ партияси аъзоси Карстен Хенге АҚШ Гренландияни аннексия қилиш учун агрессияга учраган тақдирда унинг давлати Россиядан ёрдам сўраши кераклигини айтди . У Facebook ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ўз фикрини билдирди .

Moskva AQShga "javob" va’da qilmoqda

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Американинг энергетика соҳасига нисбатан янги чекловларига жавоб беришга тайёрлигини маълум қилди.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Imron Xon 14 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Бундан ташқари, сиёсатчининг рафиқаси Бушра Бибига ҳам шу айблов билан 7 йиллик қамоқ жазоси берилган

AQSh Ukrainadagi mojaroda Rossiya g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Россия Украинадаги можарода ғалаба қозонди , деди Пентагоннинг собиқ маслаҳатчиси ва истеъфодаги АҚШ армияси полковниги Дуглас Макгрегор .

Uran eksportini cheklash: Rossiya AQShga tahdid solmoqda

Песков айтишига кўра, бу АҚШ санкцияларига жавобан вақтинча чора бўлиб, Россия манфаатларига зарар етказмайди.

Pashinyan Yerevanning YEI tomon qilayotgan qadamlari bo‘yicha Putinga tushuntirish berdi

Кремлнинг хабар беришича, бугун Арманистон ва Россия етакчилари телефон орқали мулоқот қилди.

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Олинган маълумотларга кўра, жорий йилнинг 17 январ ҳолатида қалбаки спиртли ичимлик истеъмоли ташхиси билан Туркия бўйлаб касалланганлар сони 88 нафарни ташкил этиб, шундан 37 нафари вафот этган.

Pokiston sobiq bosh vaziri 14 yilga qamaldi

Лаҳор Олий суди ҳибсда бўлган Покистоннинг собиқ бош вазири Имрон Хонни коррупция иши бўйича 14 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилди. Унинг рафиқаси Бушра Биби етти йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди, дея хабар бермоқда Accosiated Press.

Kelishuv imzolangandan so‘ng ham G‘azoda o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘ldi

Исроил ва ҲАМАС ўт очишни тўхтатиш келишувини имзолаганидан бери Ғазо секторида камида 101 киши ҳалок бўлди.

BBC'ning ikki jurnalisti “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Россия Адлия вазирлиги "хорижий агентлар" рўйхатига олти кишини, жумладан, BBC рус хизматининг икки журналисти - муҳаррир Анастасия Лотарева ва мухбир Андрей Козенкони киритди.

Jeju Air samolyoti dvigatellaridan qushlarning patlari topildi

Ҳалокат бўйича тергов қўмитаси патларни топди ва биологик институтга уларни таҳлил қилишни сўради, улар 17 та намунани, жумладан, патлар ва қон доғларини ўрганди.

Bolgariyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Локомотивларнинг тўқнашиши оқибатида ёнғин келиб чиққан. Воқеа жойида тиббиёт ходимлари, ўт ўчирувчилар, полиция ва темир йўл хизмати вакиллари ишламоқда.

Sebzorda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ хабарига кўра, Lacetti, HOWO юк транспорт воситаси ва Lacetti автомашиналари иштирокида йўл-транспорт ҳодисаси кузатилди.

Zelenskiy bir yilda urushga qancha xarajat ketganini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленскийга кўра, 2024 йилда ҳарбий можаро Украинага 100 миллиард доллардан кўпроққа тушди.

Xitoyliklar Germaniyada Volkswagen zavodlarini sotib olmoqchi

Хитой компаниялари ва расмийлари Германиянинг ёпилиши режалаштирилган автомобил заводларига, айниқса Volkswagen консернига қизиқиш билдирмоқда.

Ommaviy ishg‘ol: G‘arbiy Sohil va G‘azodagi arablar kelishuvni nishonlamoqda. Bu Isroil armiyasi uchun sharmandalik

Интернетда Ғазонинг Салоҳ Дин кўчаси бўйлаб гуманитар ёрдам олиб кетаётган ўнлаб юк машиналари акс этган видеолар тарқалмоқда.

Suriya Isroilga qarshi qat’iy choralar ko‘radi

Сурия ташқи ишлар вазири Асад ал-Шайбонийнинг таъкидлашича, Исроил Сурия базаларига ҳужумни тўхтатмаётгани сабабли, мамлакат сионистларга қарши жиддий чора кўришга мажбур.

Rossiya "xotirjamlik bilan" Qo‘shma Shtatlardan signal kutmoqda

Ушаков Путин ва Трамп учрашувига тайёргарлик кўрилаётгани ҳақидаги хабарларга шундай изоҳ берди.

Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi bo‘lganlarning nomini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленский мамлакатнинг НАТОга аъзолигига қарши бўлган давлатларни номлади.

Janubiy Afrikadagi kondan 78 nafar noqonuniy konchining jasadi topildi

“Операция давомида 78 нафар кончининг жасади қазиб олинди, омон қолган барча кончилар ҳибсга олинди”, – дейилади хабарда.

General Kirillovning o‘ldirilishi bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi hibsga olindi

Улар Батухан Точиев ва Рамазан Падиев.

13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

У ҳозирда қилмишидан пушаймон экани, бу ҳолат бошқа такрорланмаслигини баён қилиб, суддан енгиллик беришни сўради.

Bollivud yulduzi Saif Ali Xonni Mumbaydagi uyida pichoqlab ketishdi

Шаҳар полициясига кўра, актёр ярим тундан кейин уйига кирган номаълум эркак билан жанжаллашиб қолган

Los-Anjelesda yong‘in tornadolari kutilmoqda

Расмийлар минтақадаги об-ҳаво шароити ёнғин торнадоларига олиб келиши мумкинлигидан огоҳлантирмоқда.

JSST Marburg isitmasidan o‘lganlar haqida xabar beradi

Танзанияда даволаб бўлмайдиган касаллик ҳисобланган Марбург вируси туфайли саккизта ўлим қайд этилган. Бу ҳақда Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) бош директори Тедрос Адҳаном Гебреесус ўзининг Х саҳифасида маълум қилди .

Kaliforniyada yangi yong‘inlar boshlandi

Бу ҳақда Американинг Ахиос портали хабар берди .

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 19-yanvardan kuchga kiradi

Ғазо секторидаги можаро томонлари – Исроил ва ХАМАС ҳаракати биринчи босқичда 42 кунлик оташкесимга келишиб олди. Тегишли келишув 19-январ, якшанба куни кучга киради, деди Қатар бош вазири ва ташқи ишлар вазири Муҳаммад бин Абдураҳмон Ол Тани матбуот анжуманида.