Huquq himoyachisi ​​​​​​​Azimjon Asqarovning o‘limi bo‘yicha tergov ishi qayta boshlandi

Huquq himoyachisi ​​​​​​​Azimjon Asqarovning o‘limi bo‘yicha tergov ishi qayta boshlandi

Huquq himoyachisi Azimjon Asqarovning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qayta tiklandi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bergan. Tergov ishlari 1 sentyabrdan qayta boshlangan. Azimjon Asqarovning o‘limi sabablari bo‘yicha tergovni Jazoni ijro etish davlat xizmati olib bormoqda.

BMT qo‘mitasi inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov qiynoqlarga, shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatga duchor bo‘lganini aniqlagan edi. Qo‘mita ishtirokchi-davlatni uni zudlik bilan ozod qilish, sudlanganligini olib tashlash, shu jumladan zararni to‘liq qoplash uchun zarur choralarni ko‘rishga buyurgan edi. Huquq himoyachisi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, bu qaror bo‘yicha ko‘rilgan choralarni ko‘rsatishni so‘ragan.

Iyun oyida ma’muriy sud Azimjon Asqarovning da’vosi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatgan, buni ishdagi nizo hukumat va da’vogar o‘rtasidagi ma’muriy-huquqiy (ommaviy-huquqiy) munosabatlardan kelib chiqmaganligi bilan izohlagan. Ikki oy o‘tgach, Bishkekning Sverdlov tuman sudi huquq himoyachisining o‘limi bo‘yicha tergovni qayta boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Azimjon Asqarov 2020 yil 25 iyulda 47-sonli turma kasalxonasida vafot etdi. Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, o‘lim o‘tkir nafas yetishmovchiligi natijasida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!