Hokimlar senatorlar tarkibiga kiritilmasligi mumkin

Hokimlar senatorlar tarkibiga kiritilmasligi mumkin

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar qatorida Oliy Majlis Senati a’zolari, ya’ni senatorlar tarkibida ijro hokimiyati vakillari bo‘lishi mumkin emasligini belgilab qo‘yish zarur.

" – Toki hokimlar ijro hokimiyati vakili sifatida bir vaqtning o‘zida qonun chiqaruvchi hokimiyatda ham vakil bo‘lmasligi uchun, – deydi deputat

Bu demokratik jamiyatlarga xos bo‘lib, hokimiyatlar o‘rtasidagi bo‘linish va o‘zaro tiyib turish prinsipining to‘la ishlashiga imkon yaratadi".

R.Kusherbayevning ta’kidlashicha, Oliy Majlis Senati qonun chiqaruvchi hokimiyatning ajralmas va muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu bois, ushbu bo‘g‘in ijro hokimiyatining har qanday ta’siri va aralashuvidan xolis bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!