Hisoblagichning xotira ma’lumotlarini o‘chirib yuborgan shahobcha aniqlandi

Hisoblagichning xotira ma’lumotlarini o‘chirib yuborgan shahobcha aniqlandi

“TRAST M.” MCHJga qarashli Bo‘ka tumanida joylashgan AGTKShda elektron gazni hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali, hisoblagichlarning elektron xotira ma’lumotlari yo‘qotishga erishgan.

“Shahobcha tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishi oqibatida 28.02.2024 yildan 28.03.2024 yilga qadar 30 kun davomida 1 mlrd. 809,3 mln. so‘mlik 1.275.120 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan “TRAST M.” MCHJ rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!