Habib Nurmagomedov kinoda suratga tushishi mumkin?!

Habib Nurmagomedov kinoda suratga tushishi mumkin?!

UFC yengil vazn toifasida Jahon chempioni Habib Nurmagomedov «Qora pantera 2» filmida suratga tushishi mumkin.

Xabar qilinishcha, 31 yoshli rossiyalikning Golivuddagi do‘stlari unga “Marvel” studiyasining navbatdagi filmida epizod rol ijro etishni taklif qilgan. Habib bunga qanday javob bergani noma’lum. «Qora pantera 2» filmi qachon ekranlarga chiqishi ham ma’lum emas, taxminlarga ko‘ra film 2022 yilning bahorida prokatga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 2020 yilning 18 aprelida Toni Fergyusonga qarshi jang olib boradi. U ayni damda San-Fransiskoda shug‘ullanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!