Gvatemalalik tennischi kelishilgan o‘yin uchun 3 yilga musobaqalardan chetlatildi

Gvatemalalik tennischi kelishilgan o‘yin uchun 3 yilga musobaqalardan chetlatildi

Dunyoning 723-raqamli tennischisi Kristofer Dias-Figeroa kelishilgan o‘yin uchun diskvalifikasiyaga uchradi.

Dias-Figeroa 2017 yil Chexiyada o‘tgan “Fyuchers” musobaqasida kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan. Shuning uchun u endilikda 3 yil mobaynida musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, Kristofer 5000 dollar jarimaga ham tortildi.

Ma’lumot uchun: 28 yoshli Diaz-Figeroa hech qachon Top-300 ga kira olmagan.

manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!