"Google Firebase" 125 mln. foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlarini oshkor qildi

"Google Firebase" 125 mln. foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlarini oshkor qildi

"Google"ning ma’lumotlar bazalari va ilovalarni ishlab chiqish platformasi "Firebase" sozlamalaridagi xatolar tufayli 19 mln.ga yaqin parollar fosh bo‘ldi.

Tadqiqotchilar 5 mln.dan ortiq domenlarni skanerlashdi va xavfsizlik qoidalari o‘chirilgan yoki noto‘g‘ri sozlangan 916 ta saytni aniqladilar, natijada 125 mln.dan ortiq foydalanuvchi ma’lumotlari yozuvlari, jumladan, shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlar o‘g‘irlangan.

Yig‘ilgan ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar bazasida tashkil etilgan bo‘lib, xavfsizlik sozlamalari yomonligi sababli xavf ostida bo‘lgan katta miqdordagi nozik ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Parollarning 98 foizi ochiq matnda saqlanganligi alohida tashvish uyg‘otadi.

Buning uchun alohida harakat talab etiladi, chunki "Firebase" ma’lumotlar bazasidagi parollarni oshkor qilmaydigan xavfsiz autentifikasiya qilish uchun maxsus "Firebase" Autentifikasiya yechimini taklif qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!