Golan tepaliklariga raketa zarbalari berildi, 11 kishi yaralandi

Golan tepaliklariga raketa zarbalari berildi, 11 kishi yaralandi

Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklarida joylashgan Majdal Shams qishlog‘iga raketa hujumi natijasida kamida 11 kishi jarohat oldi.

Times of Israel nashrining yozishicha, asosan druzlar yashaydigan Majdel Shamsga Livandan bir necha raketa uchirilgan.

Qayd etilishicha, raketalar futbol maydoniga kelib tushgan, natijada 11 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.

Isroil armiyasi, yaradorlarni evakuasiya qilish uchun voqea joyiga vertolyot yuborilganini bildirdi.

Livanning Hizbulloh harakati Isroil armiyasining Golan tepaliklarida joylashgan obektiga bir nechta Katyusha raketalari otilganini xabar qildi.

Bundan tashqari, Hizbulloh Livan janubida Isroil armiyasi hujumi chog‘ida Livan harakatining to‘rt nafar a’zosi o‘ldirilgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!