Germaniya Ukrainaga yordamni to‘xtatdi

Germaniya Ukrainaga yordamni to‘xtatdi

Ukrainaga ko‘rsatilgan yordam hajmi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan Germaniyada 2025 yilga mo‘ljallangan byudjet rejasi qabul qilinishi fonida Kiyevga yordam ko‘rsatishni davom ettirish masalasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.

2022 yil fevralidan, ya’ni Rossiya-Ukraina qarama-qarshiligi boshlanganidan beri Germaniya Ukraina va bu mamlakat aholisiga moliyaviy, harbiy va gumanitar yordam sifatida 34 milliard yevro ajratdi.

Bugun Germaniya Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Biroq, uch partiya: SPD, Union 90/Yashillar va FDPdan iborat koalisiya hukumati tomonidan kelishilgan 2025 yilgi byudjetni rejalashtirishdan so‘ng, mamlakatda tejamkorlik choralari kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!