Germaniya tashqi ishlar vaziri bugun Ukrainaning Nikolayev viloyatiga tashrifini Rossiya droni tufayli to‘xtatdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri bugun Ukrainaning Nikolayev viloyatiga tashrifini Rossiya droni tufayli to‘xtatdi

AFP: Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bugun Ukrainaning Nikolayev viloyatiga tashrifini Rossiya droni tufayli to‘xtatdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, dron bir muddat Berbok zirhli kortejini kuzatib borgan.

Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari front chizig‘i yaqinidagi suv tozalash inshootiga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan bir vaqtda delegasiya a’zolaridan biri dron haqida ogohlantirish olgan. Shundan so‘ng, tashrif bekor qilindi va delegasiya chiqib ketdi. Kortej jo‘nab ketganidan ko‘p o‘tmay, Nikolayev viloyatida havo hujumi haqida ogohlantirish signali eshitildi, deya xabar berdi AFP.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!