G‘azoda 92 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi

G‘azoda 92 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi

G‘azo sektorida ko‘ngilli bo‘lgan 45 nafar amerikalik shifokor va hamshiralar Oq uyga maktub yo‘llab, G‘azoda 7-oktabrdan buyon 92 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini iddao qildi. Bu eksklav aholisining taxminan 4,2 foizini tashkil qiladi.

Prezident Jo Bayden, vise-prezident Kamala Xarris va birinchi xonim Jill Baydenga yo‘llangan maktubda “Bizda G‘azodagi qurbonlar soni Qo‘shma Shtatlar taxmin qilganidan ancha ko‘p ekanligi haqida ishonchli dalillarga egamiz.

Bu hisob G‘azo sog‘liqni saqlash idoralarining o‘lganlar soni 39,100 dan ortiq, yaralanganlar esa 90,403 ni tashkil etgan rasmiy ma’lumotlaridan sezilarli darajada yuqori.

Sog‘liqni saqlash xodimlari, shuningdek, G‘azodagi halokatli hayot sharoitlarini, jumladan epidemiyalarning tarqalishini va keng tarqalgan to‘yib ovqatlanmaslikni tasvirlaydi. «Biz sizni G‘azoda epidemiyalar avj olayotganini tushunishga chaqiramiz», deb yozadi ular murojaatda.

Bolalarning ahvoli alohida tashvish uyg‘otadi. Shifokorlar: «Har birimiz boshi va ko‘kragidan yaralangan o‘smirlik davridagi bolalarni har kuni davoladik».

Gumanitar guruhlar va BMT G‘azoda ocharchilik xavfidan ogohlantirmoqda va Isroilni ko‘proq yordam kirib kelishiga ruxsat berishga chaqirmoqda. Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ta’minotni to‘sib qo‘ygani haqidagi ayblovlarni rad etib, Falastinning HAMAS harakatini ayblaydi.

Amerikalik tibbiy ko‘ngillilar G‘azoda ko‘rganlaridan keyin AQSh hukumatini mojaro bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!