G‘arb Isroilni Livanga hujum qilishdan qaytarmoqchi

G‘arb Isroilni Livanga hujum qilishdan qaytarmoqchi

Jahon yetakchilari so‘nggi kunlarda Isroilni Livanga hujumlarni kuchaytirishdan qaytarish uchun qizg‘in diplomatiya olib borishdi.

Evropa Ittifoqi va AQSh Isroil Majdal Shamsga raketa hujumiga javoban Livan hududiga bostirib kirishi mumkinligidan xavotirda.

Isroil Majal Shams hujumida Livan Hizbulloh harakatini aybladi va qasos olishga va’da berdi. Bayrut barcha ayblovlarni rad etib, Isroilning «Temir gumbaz» havo mudofaa tizimidan raketa shaharga tushganini da’vo qilmoqda.

Oq uy Isroilning Hizbullohga qarshi ayblovlarini qo‘llab-quvvatladi. Biroq, Jo Bayden ma’muriyatining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar «barcha hujumlarni bir marta va butunlay to‘xtatadigan diplomatik yechim ustida ishlamoqda».

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Netanyaxu bilan telefon orqali gaplashib, unga Parij «mintaqadagi yangi eskalasiyaning oldini olish uchun hamma narsani qilish, mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlarga xabarlar yetkazish» niyatida ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!