G‘arb bu haqda Moskvani ikki hafta oldin ogohlantirgan edi

G‘arb bu haqda Moskvani ikki hafta oldin ogohlantirgan edi

7 mart kuni yettita g‘arb davlatlari maxsus xizmatlari Rossiyada odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda terrorchilik aktlari uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Rossiya prezident Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati hay’at yig‘ilishidan chiqish qilib, bu xabarlarni «ochiqcha shantaj» deb atab, rossiyaliklarni qo‘rqitisha urinish deb baholagan edi.

Avvalroq Oq uy bu teraktga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida axborotga ega bo‘lmaganini ta’kidlagan edi. Shuningdek, Oq uy Ukraina davlati yoki ukrainaliklar Moskvadagi teraktga aloqadorligi borasida biror belgi ko‘rmayotgani haqida bayonot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!