"Fuqaronining talablari qonuniy bo‘lsagina, ro‘yobga chiqadi": Byuro ELTUZ kanalidagi murojaatga munosabat bildirdi

"Fuqaronining talablari qonuniy bo‘lsagina, ro‘yobga chiqadi": Byuro ELTUZ kanalidagi murojaatga munosabat bildirdi

Joriy yilning 24 may kuni fuqaro B.Xusenov byuroning markaziy apparati xodimlari uni qabul qilmayotgani haqida video murojaatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritgan.

Ushbu holat murojaati o‘rganilib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining ijro varaqasida javobgar M.Mustafoyevaning qaramog‘idagi farzandi B.Xusenova bilan da’vogar B.Xusenovning bilan har oyni birinchi va uchunchi yakshanba kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar ko‘rishib turish va tarbiyasida ishtirok etish tartibi belgilash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 29.03.2022 yilda kelib tushgan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davrida qarzdor M.Mustafoyevaga farzandini uning otasi B.Xusenov bilan har oyning birinchi va uchunchi yakshanba kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar ko‘rishib turish va tarbiyasida ishtirok etish tartibi belgilash to‘g‘risidagi majburiyati belgilanib, ogohlantirilgan.

Shundan so‘ng, qarzdor tomonidan ijro hujjatini ixtiyoriy muddatda to‘laqonli bajarmaganligi sababli M.Mustafayevaga ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, da’vogar B.Xusenovning farzandi bilan har oyning birinchi va uchunchi yakshanba kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar ko‘rishib turish va tarbiyasida ishtirok etish tartibi belgilash to‘g‘risidagi majburiyatni belgilash maqsadida, davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 05 iyun kuni majburiy ijro harakatlari tayinlandi.

Fuqaro B.Xusenov Byuroning markaziy apparatiga joriy yilning 19,23 va 24 may kunlari kelgan va boshqa fuqarolar kabi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mas’ul xodimlar va Byuro rahbariyati tomonidan qabul qilingan.

Uning sobiq turmush o‘rtog‘i M.Mustafoyevga nisbatan ma’muriy va boshqa tarzdagi jazo qo‘llashni so‘ragan murojaati faqatgina qonuniy asoslarga ko‘ra, bajariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!