Fukusimada radioaktiv baliq ushlandi

Fukusimada radioaktiv baliq ushlandi

Yaponiya shimoli-sharqidagi Fukusima prefekturasining Baliq ovlash assosiasiyasi so‘nggi ikki yilda birinchi marta radiasiya bilan zararlangan baliq ushladi. Bu haqda “NHK” telekanali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tutilgan baliq organizmidagi radiasiya darajasi me’yordan besh baravar yuqorini tashkil etgan. Shu sababli, uyushma baliq ovlashni yana to‘xtatib turishga qaror qilgan.

2011 yil mart oyida yuz bergan sunami sababli "Fukusima-1" AESda elektr ta’minoti va sovitish tizimlari ishdan chiqqan. Shu sababli, yadro yoqilg‘isi erib, portlashlar yuz bergan va radiasiya atmosferaga tarqalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!