Filippin va Tayvanda «Gemi» to‘foni qurbonlari soni 42 kishiga yetdi

Filippin va Tayvanda «Gemi» to‘foni qurbonlari soni 42 kishiga yetdi

Filippin va Tayvanda «Gemi» to‘foni sabab bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 42 nafarga yetdi.

Filippin polisiyasi 32 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berdi va Tayvanning CNA axborot agentligi rasmiylarga tayanib, tabiiy ofat natijasida yana sakkiz kishini aytdi.

Ko‘pchilik suv bosgan hududlarda cho‘kib ketgan yoki elektr toki urishi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan.

Tayvan rahbari Lay Sinde tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan aholi punktlaridan biri – Kaosyun shahriga tashrif buyurdi.

Siyosatchi rasmiylar ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga, suv bosgan xonadonlar egalariga tovon puli to‘lanishiga ishontirdi.

Sinxua agentligining xabar berishicha, Xitoy sharqidagi Futszyan provinsiyasida Gaemi to‘foni tufayli 290 mingga yaqin odam evakuasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!