FIFA Kanada ayollar terma jamoasini 2024 yilgi Olimpiadada josuslik qilgani uchun jarimaga tortdi

FIFA Kanada ayollar terma jamoasini 2024 yilgi Olimpiadada josuslik qilgani uchun jarimaga tortdi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) qo‘mitasi Kanada terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi raqiblarini kuzatgani bo‘yicha qaror qabul qildi.

Olimpiya turnirida jamoadan olti ochko olib tashlanadi. Shuningdek, xotin-qizlar terma jamoasining bosh murabbiyi Beverli Priyestman va jamoa xodimlari Jozef Lombardi va Jasmin Mander bir yilga diskvalifikasiya qilindi.

Kanada futbol assosiasiyasi 200 ming Shveysariya franki miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi Zelandiya Olimpiya qo‘mitasi XOQga Kanada droni 22 iyul kuni Sent-Etyenda raqiblar jamoasining mashg‘ulotlarini kuzatgani uchun shikoyat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!