Farg‘onada voyaga yetmagan yoshlar 45 yashar haydovchini vahshiylarcha o‘ldirdi

Farg‘onada voyaga yetmagan yoshlar 45 yashar haydovchini vahshiylarcha o‘ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 19 iyul kuni 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vahshiylarcha o‘ldirib, dalaga tashlab ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 20 iyul kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs (3 nafari voyaga yetmagan: ularning ikki nafari 2004 yilda, bir nafari 2005 yilda tug‘ilgan) gumonlanuvchi tariqasida prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!