Farg‘onada maktab o‘quvchilari mushtlashishdi

Farg‘onada maktab o‘quvchilari mushtlashishdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 17 may kuni soat 11:00larda Qo‘qon shahridagi 4-sonli maktabning sport maydonida ushbu maktabning 11-sinf o‘quvchisi 17 yoshli M.Islomxon sinfdoshi 18 yoshli M.Akbarjon bilan o‘zaro janjallashib, janjal davomida M.Akbarjon M.Islomxonni “qorin sohasiga” qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, voyaga yetmagan M.Islomxonda “qorin oldi devori to‘mtoq shikasti, jigar chap bo‘lagi ezilib-yorilishi, ichki qon ketish, postgemorragik shok og‘ir darajasi” jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu janjalga hodisadan bir hafta oldin M.Islomxon sinfdoshi M.Akbarjonga “avtoritet bo‘lib ketibsanmi, o‘zgarib qolibsan” deganligi sababli janjallashib qolganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Akbarjon prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!