Eron janubidagi zilzila oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi

Eron janubidagi zilzila oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi Eron janubida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida bir nechta odam qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar rasmiylarga tayanib.

“Afsuski, hozirgacha bizda uch kishi halok bo‘ldi va sakkiz nafar yarador bor”, — dedi Hormozgan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Mehrdod Hasanzoda Eron davlat televideniyesiga.

Zilzila shanbaga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 02:32 da sodir bo‘lgan. Eron ommaviy axborot vositalari zilzila kuchini 6,1 magnitudaga baholagan bo‘lsa, Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologik markazi (EMSC) uning magnitudasi 6,0 ballni tashkil etganini ma’lum qildi.

Birinchi zilziladan keyin keyingi silkinishlar sodir bo‘ldi, ularning eng kuchlisi 6,2 magnitudali, deyiladi xabarlarda.

EMCS ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri 10 km chuqurlikda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!