Erevandagi savdo markazida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi

Erevandagi savdo markazida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi

Erevandagi Surmalu savdo markazidagi portlash qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Hayk Kostanyan.

"Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana bir qurbonning jasadini olib chiqishdi. Ayni damda qurbonlar soni 16 nafarga yetdi", — deb yozdi Kostanyan ijtimoiy tarmoqlarda.

Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Armen Pambuxchyan, o‘z navbatida, halok bo‘lganlar orasida homilador ayol va yosh bola borligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!