Erdo‘g‘on NATOga: "Yo Turkiyani tanlang, yoki terrorchilarni"

Erdo‘g‘on NATOga: "Yo Turkiyani tanlang, yoki terrorchilarni"

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on NATO uning mamlakatiga zarur ko‘mak bermayotganligini aytib, alyansga Anqara yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz NATO a’zolari, beshinchi modda bor (nizom, bu alyansning a’zolardan biriga hujum qilinganda barcha a’zolardan javob qaytarishni nazarda tutadi) biz terrorchilik tashkiloti tahdidiga duch keldik. Beshinchi moddaga asosan NATO biz bilan bo‘lishi kerak. Sizlar biz bilan yoki terroristlar bilan? Ular aniq javob bermayapti”, - deb ta’kidladi Turkiya yetakchisi jurnalistlarga.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘y berayotgan voqealar Turkiya NATOdagi yagona musulmon mamlakat ekanligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Erdo‘g‘on telefon orqali suhbatlashgan Germaniya kansleri Angela Merkel va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson "yolg‘on ma’lumotlarning jiddiy bosimi ostida" ekanligini aytdi.

“Tinchlik bulog‘i”

Turkiya yetakchisi 9 oktyabrda Suriya shimolida Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi va “ISHID”* terrorchilik uyushmasiga qarshi “Tinchlik bo‘log‘i” harbiy amaliyot boshlanishi haqida aytgandi.

Turkiya aviasiyasi shu kunning o‘zida Ras al-Ayn shahriga zarba berdi.

Keyinchalik amaliyotning yer usti qismi boshlandi. Turkiya mudofaa vazirligi shanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, turk harbiylari va Suriya quroli muxolifat kuchlari Ras al-Ayn shahrini, yakshanba kuni Tell-Abyad shahri nazorat ostiga olinganini xabar berdi.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!