Ekspert: COVID-19'dan tuzalgandan keyin ham isitma bir necha hafta saqlanib qolishi mumkin

Ekspert: COVID-19'dan tuzalgandan keyin ham isitma bir necha hafta saqlanib qolishi mumkin

Milliy telekanalida efirga uzatilayotgan «Tez yordam» ko‘rsatuvining 22 iyuldagi sonida mutaxassislar COVID-19`dan tuzalayotgan organizmda ham nima sababdan harorat saqlanishiga izoh berdi.

Virusologiya instituti ilmiy xodimi, t.f.n. Ra’no Qosimova:

– Bemorlar o‘zini yaxshi his qilib, nafas olishi, puls, saturasiyasi joyida bo‘lsa ham, lekin harorat tushmasligi mumkin. Bu jarayon 4 yoki 6 haftagacha 37 haroratni qayd etishi mumkin. Bundan xavotirlanish, isitma tushiruvchi dori vositalarini qabul qilish kerakmas. Harorat sekin-astalik bilan tushib boraveradi.

Immunolog-infeksionist, t.f.n. Aziza Xo‘jayeva:

– Har bir organizm o‘z algoritmiga binoan ishlaydi. Isitma tanada sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarga universal reaksiya bildirishi mumkin. Miyada isitmaga reaksiya beruvchi gipotalamus bezi mavjud. Tanaga virus kirsa, o‘sha bezni qo‘zg‘atishga harakat qiladi.

Kasallik alomatlarsiz kechayotgan paytda ham hujayralar ishlaydi. Shuning uchun bemorlarda virus xavfi kam bo‘lsa yoki mavjud bo‘lmasa ham, miyadagi bez tanaga buyruq berib turadi. Ayrim bemorlarda kasallik chekinsa ham miyadagi bez reaksiyasi to‘xtamaydi va natijada isitma 4 haftagacha davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!