Diqqat! Emlash jarayonlari dam olish kunlarida ham davom ettiriladi

Diqqat! Emlash jarayonlari dam olish kunlarida ham davom ettiriladi

Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan 1-5 sentyabr kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan edi. Mazkur jarayonda aholi salomatligini ta’minlash borasidagi hukumat topshiriqlari ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi:

  • xalqimiz bayramni xotirjam, osoyishta, tinchlik-totuvlikda o‘tkazishini ta’minlash maqsadida bayram o‘tkaziladigan joylarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tunu kun navbatchilik tashkil etiladi;
  • xalq sayillari, bolalar ishtirokidagi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan va aholi gavjum joylarda tibbiy yordam xizmati tashkillashtiriladi.

Shuningdek, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda emlash punktlari faoliyati bayram kunlari ham davom ettirilishi ma’lum qilingan.

«Bayram kunlari yurtimizdagi barcha davolash muassasalarida, hududiy oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda belgilangan tartibda bayram kunlari 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko‘rsatadigan shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tuzilishi belgilandi», — deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmalari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!