Davlat xizmatchilari uchun Fransiyada malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi

Davlat xizmatchilari uchun Fransiyada malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Fransiya Respublikasi Davlat sektorini transformasiya qilish va davlat xizmati vazirligi hamkorlikka oid deklarasiya imzolandi.

Hujjatda qo‘shma tadbirlarni tashkil qilish, sohaga oid loyihalarni amalga oshirish, davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, o‘quv dasturlarini tashkil qilish belgilangan.

Deklarasiyani amaliyotga tatbiq qilish doirasida davlat xizmatchilarining Fransiyada malaka oshirishi tashkil qilinadi. Ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, davlat xizmatida raqamlashtirish va innovasiyalar bo‘yicha tajriba almashiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!