Davlat organlari va byudjet tashkilotlari joriy yil birinchi choragida qancha pulni «havoga sovurdi»?

Davlat organlari va byudjet tashkilotlari joriy yil birinchi choragida qancha pulni «havoga sovurdi»?

Olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida umumiy summasi 70,2 milliard so‘mlik byudjet intizmoi buzilishi va boshqa asossiz xarajatlar bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Nazorat tadbirlari samaradorligi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan ikki barobar ko‘paygan(2018 yil birinchi choragida 30 milliard so‘mni tashkil etgandi).

Xususan, tekshiruvchilar tomonidan byudjet intizomi buzilishi, pul va tovar-material qimmatliklari kamomadi, shuningdek, 23,4 milliard so‘mlik maqsadsiz va asossiz xarajatlar aniqlangan.

Qonunbuzuvchilar ichida quyidagilar yetakchi lik qilgan:

- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 6,2 milliard so‘m, shundan 4,9 milliard so‘mi undirilgan (78 foiz);
- Xalq ta’limi vazirligi 3,7 milliard so‘m, shundan 3 milliard so‘mi undirilgan(80 foiz);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi 1,5 milliard so‘m, shundan 1,4 milliard so‘mi undirilgan(89 foiz);
- Maktabgacha ta’lim vazirligi 1,5 milliard so‘m, shundan 1,2 milliard so‘mi(83 foizi).

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriluvchi muassasalarda eng ko‘p byudjet qonunchiligi buzilish holati Jizzax(5,3 mlrd. so‘m), Surxondaryo(2,5 mlrd. so‘m), Farg‘ona(2,1 mlrd. so‘m), Samarqand(2,1 mlrd. so‘m), Qashqadaryo(1,9 mlrd. so‘m), Andijon(1,5 mlrd. so‘m) va Toshkent(1,3 mlrd. so‘m) viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahri(2,6 mlrd. so‘m)da uchragan.

Bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha moliyaviy qonunbuzilishlar hamda asossiz xarajatlar aniqlandi . Uning qiymati 25,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 20 mlrd. so‘mi qoplangan.

Hukumat kafolati ostida ajratilgan kredit mablag‘lari va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha olib borilgan 76 ta nazorat tadbirida 2,4 milliard so‘mlik noqonuniy xarajatlar aniqlandi. Shundan 700 mln. so‘mi qoplangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!