Davlat Dumasi Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar uchun ikki yillik harbiy xizmatni joriy qilmoqchi

Davlat Dumasi Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar uchun ikki yillik harbiy xizmatni joriy qilmoqchi

Harbiy xizmat muddati faqat Rossiya fuqaroligini olgan shaxslar uchun oshirilishi mumkin. Bular asosan mehnat muhojirlari bo‘lib, ular hozirda majburiy ravishda urushga jo‘natiladi va deyarli har hafta “hujjatlarni tekshirish” niqobi ostida reydlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Rossiya fuqaroligini oluvchilar uchun harbiy ro‘yxatdan o‘tishni majburiy qilish taklif etilgan.

Davlat Dumasi tuzatishlarni joriy sessiya tugagunga qadar, ya’ni 5 avgustgacha qabul qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Rossiya Federasiyasida muddatli harbiy xizmat muddati bir yilni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!