D vitamini yetishmasligining xavfli belgisi

D vitamini yetishmasligining xavfli belgisi

O‘z organizmingizga quloq tuting, uni tinglay biling. Shifokorlar ko‘pincha D vitaminini organizm uchun muhimligi haqida juda ko‘p gapiradilar. Chunki u nafaqat suyakni mustahkamlash uchungina zarur bo‘lmasdan, balki u onkologiya rivojlanishidan himoya qiladi, immunitetni  yaxshi ushlab turadi. Uzoq vaqt davom etgan D vitamini yetishmasligi kechalari insonlarga seziladigan og‘riqni keltirib chiqaradi. Bu osteomalyasiya sindromi deyiladi. Ko‘pchilik odamlar sog‘liklari uchun D vitaminini muhimligini tan olmaydilar, qachonki g‘ayrioddiy og‘riq kunlik haqiqatga aylanmagunga qadar uni anglamaydilar.

Ushbu vitaminning yetishmasligi jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi, shu jumladan, osteomalyasiya kabi xavfli holatning rivojlanishiga ham olib kelishi mumkinligi haqida Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash Milliy xizmati mutaxassislari ogohlantirishmoqda.

Shifokorlarning ma’lumotlariga bo‘yicha ushbu anomaliya xavfi,  ayniqsa, D vitamini kam miqdorda bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiluvchi va quyosh nurlari tushishi cheklangan sharoitda yashovchi insonlarda juda yuqori bo‘ladi.

Osteomalyasiya  bu suyuk to‘qimalarining mineral zichligining pasayishi tufayli uning zaiflashishi va yumshash holatidir. Dastlabki bosqichda aniq alomatlar bilinmasligi mumkin, ammo uni shifokorlar rentgen nurlari yoki boshqa bir diagnostik tadqiqotlarni bajargan holda uning belgilarini bilib olishlari mumkin.

MedikForumning xabar qilishicha, kasallik rivojlanishi bilan insonning o‘zi e’tibor qaratishi mumkin bo‘lgan alomatlar ham paydo bo‘lar ekan.

“Osteomalyasiya bilan bog‘liq zaif og‘riq ko‘pincha  qovurg‘a va oyoq, son, tos suyagi va belni jarohatlaydi. Uning o‘ziga xos belgisi tunda og‘riqning kuchayishidir” — deya izoh beradi mutaxassislar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!