Cho‘kib ketgan Bayesian yaxtasida oxirgi yo‘lovchining jasadi topildi

Cho‘kib ketgan Bayesian yaxtasida oxirgi yo‘lovchining jasadi topildi

Halokatga uchragan Bayesian yaxtasida oxirgi yo‘lovchining jasadi topildi.

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jasad britaniyalik tadbirkor Mayk Linchning qiziga tegishli bo‘lib, u ham tabiiy ofatda halok bo‘lgan.

Bortida 22 kishi (12 mehmon va 10 ekipaj) bo‘lgan Britaniya bayrog‘i ostidagi Bayesian yelkanli kemasi 19 avgust kuni ertalab Palermo yaqinida cho‘kib ketdi. Taxminlarga ko‘ra, bu bo‘ron tufayli sodir bo‘lgan. Sohil qo‘riqlash xizmati 15 nafar yo‘lovchini, jumladan, shifoxonaga yetkazilgan bir yoshli bolani qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Cho‘kib ketgan kema 49 m chuqurlikda, qirg‘oqdan taxminan 800 m masofada joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!