CHL: "Real Madrid" bir tur oldin pley-offga chiqdi

CHL: "Real Madrid" bir tur oldin pley-offga chiqdi

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform.

Bu safar A, B, C, D guruhlarida ishtirok etayotgan jamoalar beshinchi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Natijada bir tur avval bir qator klublar pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular orasida “Bavariya”, “Arsenal”, “Real Madrid”, «Real Sosyedad» kabi Yevropaning eng yaxshi klublari bor.

Eslatib o‘tamiz, bungacha “Atletiko Madrid”, “Lasio”, “Borussiya Dortmund”, “Manchester Siti”, “RB Leypsig” pley-off bosqichida musobaqani davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

A guruhi: “Bavariya” (Germaniya) – “Kopengagen” (Daniya) 0:0, “Galatasaroy” (Turkiya) – “Manchester Yunayted” (Angliya) 3:3

B guruhi: “Arsenal” (Angliya) – “Lans” (Fransiya) 6:0, “Sevilya” (Ispaniya) – PSV (Niderlandiya) 2:3

S guruhi: “Real Madrid” (Ispaniya) – “Napoli”. (Italiya) 4:2, “Sportig Braga” (Portugaliya) – “Union Berlin” (Germaniya) 1:1

D guruhi: “Benfika” (Portugaliya) – “Inter” (Italiya) 3:3, «Real Sosyedad» (Ispaniya) – «Red Bull Zalsburg» (Avstriya) 0:0.

Endi Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasining beshinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!