Buxoroda ayol erini bog‘lab qo‘ydi. Er vafot etdi

Buxoroda ayol erini bog‘lab qo‘ydi. Er vafot etdi

Buxoro viloyatida ayol ichib kelgan erini janjal chiqarmasligi uchun temir karavotga bog‘lab qo‘ygan va erkak bo‘yin siqilishi natijasida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 iyun kuni soat taxminan 15:10 da Buxoro viloyati Jondor tumani IIB navbatchilik qismiga 45 yoshli SH.R.ning vafot etganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, marhumning rafiqasi L.B. erining uyga spirtli ichimlik ichib, mast holda kelganini ko‘rgan. U janjal chiqmasligi uchun erining oyog‘i, qo‘li va bo‘ynidan kapron ip o‘tkazib, temir karavotga bog‘lab qo‘ygan. Uyda qarovsiz qolgan erkak temir karavotdanchiqishga uringan va bo‘yin siqilishdan vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 102-moddasi (Ehtiyotsizlik tufayli o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!