Britaniya elchisi ham Diyora Keldiyorovani tabrikladi

Britaniya elchisi ham Diyora Keldiyorovani tabrikladi

Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart Parij Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan dzyudo ustasi Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi.

Bu haqida u o‘zining «X» sahifasida yozib qoldirgan.

«O‘zbekiston va Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan samimiy tabriklayman! Bu nafaqat yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbek ayollari tomonidan qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal, balki O‘zbekistondagi barcha qizlarning xohlagan narsasiga erisha olishini isbotlaydigan bebaho medaldir! Olg‘a, O‘zbekiston!», – dedi Timoti Smart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!