Brilliantlar bilan bezatilgan Boing internet foydalanuvchilariga yoqmadi

Brilliantlar bilan bezatilgan Boing internet foydalanuvchilariga yoqmadi

Bloger Sara Shakil Emirates aviakompaniyasiga tegishli, sirti qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan boing suratini o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

​Xuddi shu kunning o‘zida fotosurat Emirates aviakompaniyasining Twitter'dagi profilida paydo bo‘ldi.

"Emirates Bling 777 e’tiboringizga havola qilamiz. Surat Sara Shakil tomonidan yaratilgan", — deb yozgan post ostida kompaniya vakillari.

Internet foydalanuvchilari surat tagida hayrat so‘zlari o‘rniga o‘zlarining nafrat to‘la izohlarini qoldira boshladilar. Ular ortiqcha dabdabadan nihoyatda g‘azabda ekanliklari yozib, bu pullarni o‘ta muhim narsalarga sarflash mumkin ekanligi alohida qayd etishgan.

Kadrning haqiqiy ekanligiga shubha bilan qaraganlar ham topilgan. Sanoqsiz yaltir-yultur "Fotoshop" ishidan boshqa narsamas, deb yozishgan ular.

Dabdabaga qarshi kurashuvchilar yengil tin olishlari mumkin, ushbu surat chop etilayotgan vaqtda birorta samolyotga shikast yetmagan va bir dona ham brilliant behuda sarflanmagan.

Sara Shakil – rassom bo‘lib, o‘z kolleksiyasida virtual tarzda yaltiroq ishlov berilgan o‘nlab fotosuratlarga ega. Masalan: "brilliant" kartoshka fri, brilliant muzqaymoq va hokazo.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!