Boliviyada prezidentlik belgisi bo‘lgan medal o‘g‘irlab ketildi

Boliviyada prezidentlik belgisi bo‘lgan medal o‘g‘irlab ketildi

Boliviyada prezidentlik belgisi bo‘lgan medal o‘g‘irlab ketildi. U faqat tantanli marosimda taqilardi, deb yozadi Meduza.

Mazkur oltin medal brilliant bilan qoplangan. 1825 yilda Boliviya kongressi uni Janubiy Amerika qahramoni Simon Bolivarga sovg‘a qilgan.

Ramz ayni damda Kochabamba shahriga harbiy paradda ishtirok etishga kelgan davlat rahbari Evo Moralesga yetkazilishi kerak edi. Ammo medalni eltuvchi ofiser El-Alto aeroportidan Kochabambaga uchishi kerak bo‘lgan vaziyatda qandaydir sabab bilan reysga kechikadi. Keyingi reysni kutguncha esa mashinasini medal bilan birgan shaharning eng kriminal tumanlaridan biridagi «qizil fonuslar» ko‘chasida qoldiradi.

Medal oddiy ryukzakda olib kelinayotgan bo‘lgan. O‘g‘rilar mashina oynasini sindirib, uni olib ketishadi. Boliviya sobiq prezidenti Karlos Mesa mazkur o‘g‘irlikni Buyuk Britaniya qirolichasi toji o‘g‘irlanish bilan tenglashtirdi.

Tezkor qidiruvlar orqali jinoyat tashkilotchisi asli Peru fuqarosi bo‘glan Yog laqabli shaxs qo‘lga olingan. Polisiya hozirda guruhning yana to‘rt nafar perulik a’zosini qidirmoqda. Shuningdek, medalni o‘g‘irlatgan ofiser ham hibsga olingan. U mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda.

Medal esa topildi. U La-Pasdagi cherkovlardan birida qoldirib ketilgan. O‘g‘rilar ryukzak ichida davlat ahamiyatga molik narsa borligini bilgach, qo‘rqib ketadi va mahalliy telekanallardan biriga qo‘ng‘iroq qilib, medal qoldirilgan joyni ma’lum qilishadi.

Ammo medalni Moralesga vaqtida yetkazishning iloji bo‘lmadi. 8 avgustdagi harbiy paradda u prezidentlik ramzisiz ishtirok etishga majbur bo‘ldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!