BMT: "Suriyada 12,4 million kishi oziq-ovqat taqchilligiga duch kelmoqda"

BMT: "Suriyada 12,4 million kishi oziq-ovqat taqchilligiga duch kelmoqda"

BMTning 13 fevral kuni bergan ma’lumotlairga ko‘ra, anchadan beri urushlar davom etib kelayotgan Suriyada ayni paytda 12.4 million kishi yetarlicha oziq-ovqat topishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. BMT ushbu holatni “tashvishli” deb ta’riflagan.

“Bu raqam hozirda Suriya aholisining 60 foizi oziq-ovqat masalasida xavfsiz emasligini anglatadi” deya xabar berdi BMT tarkibidagi Jahon oziq-ovqat dasturi 2020 yil oxiridagi natijalariga asoslanib.

Suriyada o‘tgan yilning may oyida 9.3 million kishi oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekardi. Bir yilda bunday odamlar soni 3 milliontadan ko‘proqqa oshgan.

«Hozirda suriyaliklar har qachongidan ham ko‘proq ochlik, qashshoqlik va oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelishmoqda. Ko‘pchilik oilalarning hayot uchun zarur bo‘lgan asosiy ozuqaga ega emasligi tashvishli holat» deydi, Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Jessika Louson.

O‘n yildan beri davom etayotgan urush Suriya iqtisodini vayron qildi va inflasiya darajasi keskin oshib ketdi. 2021 yilning boshiga kelib Suriyada oziq-ovqat narxi urush boshlanishidan oldingi narxdan 33 baravarga oshgan.

Suriyada 2011 yilda boshlangan urush hozirgacha 387 ming kishining yostig‘ini quritdi va millionlab tinch aholini o‘z uylarini tark etishlariga majbur qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!