Bitkoin Salvador mamlakatining rasmiy valyutasiga aylandi

Bitkoin Salvador mamlakatining rasmiy valyutasiga aylandi

9 iyun kuni Salvador parlamenti ushbu kriptovalyutani rasmiy valyuta deb tan oluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Mamlakat prezidenti Nayib Bukele tez orada ushbu hujjatni imzolashni va’da berdi.

Ushbu hujjat Salvadorda bitkoin kriptovalyutasini to‘lov uchun qabul qilishni majburiy qilib qo‘yadi.

Salvador rahbari bitkoinning AQSh dollari bilan bir qatorda rasmiy to‘lov vositasiga aylanishini ta’kidladi. Mamlakatda qonun kuchga kirgan kundan boshlab 90 kun ichida to‘lovlarni kriptovalyutada qabul qilish uchun infratuzilma yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Avvalroq Nayib Bukele bitkoinni rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olish mamlakatning chet elda ishlayotgan fuqarolari uchun uylariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni osonlashtirishi haqida aytgan edi. Ushbu mablag‘lar Salvador YAIMining taxminan 20% ini tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!