Bir yillik tanaffus va "chaqiruv qog‘ozi": Messi Argentina milliy jamoasiga taklif qilindi

Bir yillik tanaffus va "chaqiruv qog‘ozi": Messi Argentina milliy jamoasiga taklif qilindi

Argentina milliy jamoasi murabbiylar shtabi JCH-2022 saralash bahsi doirasidagi Ekvador va Boliviyaga qarshi kechadigan uchrashuvlar uchun taklif qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Bosh murabbiy Lionel Skaloni yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etgan. Xususan, «Barselona» sardori Lionel Messi, «Yuventus» forvardi Paulo Dibala, «Inter» hujumchisi Lautaro Martines, «PSJ» xavbeki Leandro Paredes va «Atalanta» yarimhimoyachisi Alexandro Gomes milliy jamoadan taklif olgan.

Messi so‘nggi marta 2019 yilning noyabr oyida Argentina milliy jamoasi safida maydonga tushib, Braziliya va Urugvayga qarshi o‘yinda 90 daqiqa harakat qilgandi. Amerika kubogi 3-o‘rin uchun bahs doirasidagi Chili bilan o‘yindan keyin esa KONMEBOL manzili tomon tanqidiy fikrlar bildirgani uchun Lionel 3 oyga xalqaro o‘yinlardan chetlatilgan edi. Oradan 11 oy o‘tib, futbolchi milliy jamoaga chaqirildi.

Ma’lumot uchun, Argentina milliy jamoasining Ekvador va Boliviya bilan o‘yinlari 8 va 13 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!