Bir xorijlik sayyoh O‘zbekistonda kuniga necha dollar sarflaydi?

Bir xorijlik sayyoh O‘zbekistonda kuniga necha dollar sarflaydi?

O‘zbekiston Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining maslahatchisi Behruz Hamzayev Togri.uz muxbiri bilan suhbatda har bir sayyohdan kuniga o‘rtacha necha pul qolishini ochiqladi.

“Kuniga 250 dollar – mana bu zo‘r natija”

Qo‘mita raisi maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, xorijlik sayyohlardan ko‘proq tushum kelishi uchun turizm xizmatlari sifatini munosib ravishda ko‘tarish kerak:

“Yosh sayyohlar bo‘lgan taqdirda O‘zbekistonda bir kun o‘tkazish uchun 100 dollar yetaridan ortiq bo‘ladi. 15 dollardan 30 dollargacha yotoq joyiga, kuniga 15 dollar tushlik va kechki ovqatga sarf bo‘ladi. Transport xarajatlariga 15 – 20 dollar ketadi. Qolgan summa esa mayda xarajatlarga ketadi.

Suvenirlar yoki boshqa sovg‘alar olingan taqdirda ushbu xarajatlar sayyohning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

Mehmon uylari ko‘paymoqda, ular juda arzon. 10 – 15 dollarga odamlarning uyida qolsangiz bo‘ladi. Nonushtalar tayyorlab berishadi.

Hozir xorijlik sayyohlar O‘zbekistonda o‘rtacha 9 kun turadi. 500–600 dollar sarflashadi. Statistik ma’lumotga ko‘ra, bu raqam 617 dollar 55 sentni tashkil qiladi. Bu bir sayyoh kuniga o‘rtacha 100 dollardan kamroq xarajat qiladi, degani. Bu yomon, kuniga 250 dollar sarflasa, bu zo‘r.

Shu darajaga erishish uchun turizm infrastrukturasini kuchaytirishimiz, xizmatlar sifatini yaxshilashimiz zarur”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!